“Barselona” hujumchisi PSJga o‘tadi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi hujumchisi Usmon Dembele faoliyatini PSJda davom ettirishga yaqin turibdi. Bu haqda jurnalist Elena Kondis Twitter sahifasida ma’lum qildi.

Manbaga ko‘ra, Dembele jamoadoshlariga PSJga o‘tishini aytgan. Kataloniya klubi vingeri parijliklar bilan 2028 yilgacha mo‘ljallangan shartnoma borasida kelishib olgan. Qayd etilishicha, PSJ transfer uchun 50 million yevro to‘laydi.

Ma’lumot uchun, fransiyalik hujumchi 2017 yildan buyon “Barselona” safida to‘p surib kelayotgandi. U Dortmundning “Borussiya”sidan 105 million yevro evaziga Kataloniya klubiga ko‘chib o‘tgan.

2022/2023 yilgi mavsumda Dembele “Barselona” safida barcha musobaqalarda 35 ta o‘yin o‘tkazib, 8 ta gol urdi va 9 ta golli uzatmani amalga oshirgan. Futbolchining Kataloniya klubi bilan shartnomasi 2024 yilning iyun oyi oxirigacha amal qiladi. “Transfermarkt” internet portaliga ko‘ra, futbolchining narxi 60 million yevroni tashkil qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Usmon Dembele

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing