“Barselona” homiyini o‘zgartirdi

Sport

image

"Barselona" hozirgi homiysi "Rakuten" bilan hamkorlikni bekor qildi. Kelgusi mavsumdan boshlab klub futbolkalarida yangi homiy - "Spotify" musiqiy platformasi yozuvi paydo bo‘ladi. Bu haqda RAC1 nashri xabar bermoqda.

Tomonlar o‘rtasidagi shartnoma uch yilga tuziladi. "Spotify" "Barsa"ga 280 million yevro to‘laydi. Kompaniya klubning nafaqat titul homiyi, balki "Kamp Nou" stadioniga nom berish huquqini ham sotib olishi mumkin. Agarda bu kelishuv ham amalga oshsa, arena nomi "Kamp Nou Spotify" deb o‘zgartiriladi.

Qayd etilishicha, "Rakuten" "Barsa"ga yiliga atigi 55 million yevro to‘lab kelmoqda. Yapon elektron tijorat va chakana savdo gigantlari 2016 yildan buyon "Barselona"ning asosiy to‘plami homiylari hisoblanadi.

 

Shahboz Qahhorov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

211

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made