“Barselona” himoyachisi 3 oy maydonga tushmaydi

Sport

image

“Barselona” himoyachisi Samuel Umtiti o‘ng oyog‘ining sinishi bo‘yicha operatsiyani muvaffaqiyatli o‘tkazdi. Bu haqda Kataloniya klubi matbuot xizmati xabar berdi.

Fransiyalik futbolchi taxminan uch oy maydonga tusha olmaydi. U joriy yilning 17 yanvar kuni klub mashg‘ulotlarida oyog‘ini sindirib olgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Umtiti o‘tgan hafta “ko‘k-anorranglilar” bilan 2026 yilning 30 iyuniga qadar shartnomani uzaytirgan edi.

Ma’lumot uchun, 28 yoshli himoyachi 2016 yilda “Lion”dan “Barselona”ga kelib qo‘shilgan edi. Samuel Umtiti joriy mavsumda Ispaniya chempionatining bitta o‘yinida maydonga tushgan.
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Samuel' Umtiti

Baholaganlar

5

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing