“Barselona” ham bir qator yo‘qotishlarga uchradi
Sport
−
11 noyabr
2327“Barselona”ning ikki futbolchisi jarohat olib, safdan chiqdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi.
Futbolchilar Lamin Yamal va Robert Levandosvkida jarohat aniqlandi. Ispaniyalik futbolchi 2-3 haftada, polshalik esa 10 kunda tuzalishi ma’lum bo‘ldi.
36 yoshli Levandovski “Barselona”da belidan olgan jarohati sabab bo‘lajak o‘yinlarni o‘tkazib yuboradi. 30 oktyabr kuni “Srvena Zvezda”ga qarshi o‘yinda 17 yoshli Lamin Yamal qattiq jarohat oldi. U to‘pig‘ida kuchli og‘riq his qilmoqda.
Joriy mavsumda Levandovski barcha turnirlarda 17 ta o‘yin o‘tkazib, 19 ta gol urdi va 2 ta golga assistentlik qilgan bo‘lsa, Yamal esa 16 ta bahsda qatnashib, 6 ta gol va 8 ta golli uzatmaga mualliflik qildi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq “Real”ning 3 nafar a’zosi jarohat sabab safdan chiqqanligi xabar qilingandi.
LiveBarchasi