“Barsa” senegallik 19 yoshli himoyachi bilan shartnoma imzolaydi
Sport
−
12 iyun 2023 4220 1 daqiqa
Ispaniyaning “Barselona” klubi Xorvatiyaning “Kustoshiya” jamoasi futbolchisi Mikail Fayeni sotib oladi. Bu haqda taniqli insayder Fabritsio Romano ma’lum qildi.
Unga ko‘ra, 19 yoshli chapaqay futbolchining transferi Kataloniya klubi uchun 5 million yevroga tushdi.
Bunga qadar Fayega “Borussiya” va “Chelsi” jamoalari qiziqish bildirgan, lekin senegallik Ispaniyani tanladi.
Ma’lumot uchun, Faye qishda “Kustoshiya” tarkibiga kelib qo‘shilgan. 2022/2023 yilgi mavsumda jamoa tarkibida 14 ta o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urishga muvaffaq bo‘lgan.
Muhsinjon Umurzoqov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr