Kurs UZS

USD

12 880.00

19.91

EUR

13 507.26

-8.69

RUB

124.01

0.37

“Barsa” “Manchester Siti”dan katta miqdorda qarzdorligi aniqlandi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi Ferran Torresning transferi sababli “Manchester Siti”dan katta miqdorda qarz bo‘lib qolgan. Bu haqda “Catalunya Radio” xabar bermoqda.

Manba Kataloniya klubining moliyaviy hisobotiga tayanib, “Barselona”ning “Manchester Siti”dan Ferran Torres transferi uchun yana 52 million yevro qarzi borligini aytmoqda

“Ko‘k-anorranglilar” hujumchini 2022 yilning qishida sotib olgandi. “Barselona” Ferran uchun 55 million yevro va qo‘shimcha bonuslar to‘lashi nazarda tutilgan. “Barsa” xarid amalga oshirilgan vaqtda Torres uchun “Siti”ning hisob raqamiga bor-yo‘g‘i 3 million yevro o‘tkazib bergan. 

Ma’lumot uchun, joriy mavsumda 22 yoshli futbolchi “Barselona” safida 7 o‘yinda maydonga tushib, 1 ta gol urdi va 1 ta golli uzatmani amalga oshirdi. “Ko‘k anorranglilar” Ispaniya chempionatining ortda qolgan 6 ta turidan so‘ng, 16 ochko jamg‘arib, musobaqa jadvalining 2-o‘rnida bormoqda.


Maqola muallifi

Teglar

“Barselona” Ferran Torres

Baholaganlar

51

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing