“Barsa”ga qaytish: “Neymar missiyasi”ning barbod bo‘lishi sababi ma’lum bo‘ldi

Sport

image

Joan Laporta “Barselona” prezidentligi uchun saylovlarda g‘alaba qozonganidan so‘ng, PSJ hujumchisi Neymarni Kataloniya klubiga qaytarmoqchi bo‘lgan.

Xabar qilinishicha, prezident Neymarning “Barsa”ga qaytish ehtimolini muhokama qilish uchun qo‘l ostidagi ikki xodimini Parijga yuborgan. O‘sha suhbat chog‘ida braziliyalik futbolchi yana “ko‘k-anorranglilar” safida o‘ynashni xohlayotganini tan olgan.

Bu masala PSJ rahbarlaridan biri “Barselona”ning Neymarga bo‘lgan qiziqishidan xabar topib, otasi hisob raqamiga 20 million yevroga yaqin mablag‘ o‘tkazib berishi bilan o‘z yakuniga yetdi. Manbalarga ko‘ra, pul PSJda ro‘yxatdan o‘tmagan hisob raqamdan kelib tushgan. 

Ma’lumot uchun, Neymar 2013 yildan 2017 yilga qadar “Barsa”da o‘ynagan. Bu vaqt mobaynida braziliyalik vinger 186 o‘yinda maydonga tushib, 105 gol va 76 ta golli uzatma muallifiga aylangan. U, shuningdek, Ispaniya kubogi, La Liga va YeCHLda zafar quchgan.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Neymar PSJ Joan Laporta Neymar missiyasi

Baholaganlar

105

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing