“Barsa” futbolchilari klub shifokorlarining faoliyatidan norozi 

Sport

image

Avvalroq “Barsa”ning yangi murabbiyi Xavi “Barselona”ning yangi bosh murabbiyi Xavi Ernandes klub direktori Mateu Alemani bilan tizimdagi o‘zgartirish kerak bo‘lgan jihatlar haqida suhbatlashgani haqida xabar bergan edik. 

Endilikda “Barselona” futbolchilari ham klub shifokorlari faoliyatidan norozi ekanliklarini ta’kidlashdi. Bu haqda “Marca” nashri xabar berdi. 

Qayd etilishicha, aksariyat futbolchilarning jarohat olayotgani aynan shifokorlarning e’tiborsizligi bilan bog‘liq. Futbolchilar joriy mavsumda jamoa shifokorlari bilan janjallashgani haqida xabarlar tarqalgan. Ayni vaqtda tibbiyot shtabi xodimlari “Barselona”ning avvalgi murabbiyi Ronald Kuman siyosatini bahona sifatida ko‘rsatmoqda.

Eslatib o‘tamiz, hozirda klub lazaretida 11 nafar futbolchi bor. Ulardan yettitasida mushaklar bilan bog‘liq muammolar mavjud – Pedri, Usmon Dembele, Serji Roberto, Gonsales, Jerar Pike, Erik Garsiya va Ansu Fati. Darvozabon Neto gripga chalingan, Aguero yuragidagi muammolardan aziyat chekmoqda, Martin Breytueytning tizzasi operatsiya qilingan, Serjino Dest esa bel og‘rig‘iga duchor bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, “Barselona” 11 ochko jamg‘argan holda Ispaniya La ligasida 9-o‘rinda bormoqda. 
 


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Xavi Ispaniya La liga Ansu Fati Jarohatlar

Baholaganlar

22

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing