“Barsa” deyarli 210 million yevrolik shartnoma imzoladi

Sport

image

Ispaniyaning “Barselona” klubi televideniye huquqlarining bir qismini sotdi. Bu haqda “ko‘k anorranglilar” matbuot xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Amerikaning “Sixth Street” investitsion kompaniyasi Ispaniya klubining La Ligadagi televizion media huquqlarining 10 foizini 207,5 million yevro evaziga sotib oldi. Kompaniya 25 yil mobaynida “Barsa”ning televizion huquqlaridan keladigan daromadning 10 foiziga egalik qiladi. Bu shartnomaga imzo chekish orqali, “ko‘k anorranglilar”ning joriy mavsumdagi umumiy kapitali 267 million yevroga yetdi.

“Barsa” rahbariyati jamoadagi moliyaviy vaziyatni barqarorlashtirish uchun televideniye huquqlarining 25 foizini va merchandaysing biznesining deyarli 50 foizini sotishga qaror qilgan edi. Shuningdek, Kataloniya klubi prezidenti Joan Laporta futbolchilarning maoshi keskin qisqartirilishini va “Barselona” hech qaysi futbolchiga yiliga 10 million yevrodan ko‘p pul to‘lamasligini ta’kidlagan.

Ma’lumot uchun,“Sixth Street” investitsion kompaniyasi “San-Antonio” basketbol jamoasining 20 foiz ulushiga egalik qiladi. Shuningdek, ushbu kompaniya “Barselona”ning ashaddiy raqobatchisi “Real Madrid”ga ham 380 million dollar sarmoya kiritadi. Bu orqali Madrid klubi stadiondan tushgan daromadning 30 foizini “Sixth Street”kompaniyasiga o‘tkazadi.

Ma’ruf Abdumalikov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

50

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing