“Barsa”da moliyaviy inqiroz tugaydimi? Klub kelasi mavsum katta pul ishlamoqchi
Sport
−
04 avgust 2022
3002Ispaniyaning “Barselona” klubi 2022-2023 yilgi mavsumda 1,3 milliard yevro ishlab olishni rejalashtirmoqda. Bu haqda “Diario Sport” nashri xabar qildi.
Manbaga ko‘ra, “ko‘k anorranglilar”ning direktorlar kengashi iqtisodiy prognozni tayyorlagan. Unda aytilishicha, 15 foiz televideniye huquqlarini AQSHning “Sixth Street” sarmoyaviy kompaniyasiga sotish jamoaga 400 million yevro olib keladi. Oldinroq, Amerika kompaniyasi klub tele-huquqlarining 10 foizini 200 million yevrodan ko‘proq mablag‘ evaziga qo‘lga kiritgan edi. Shuningdek,“Barsa Studios”ning 24,5 foiz ulushini “Socios”ga sotish orqali yana qo‘shimcha 100 million yevro ishlab olinadi.
Qayd etish kerakki, yana 800 million yevro klubning normal faoliyatidan tushadi. “Barsa” umumiy hisobda bu mavsum uchun 900 million yevro ishlab olishni mo‘ljallamoqda. Ushbu mablag‘ning 620 million yevrosi futbolchilar va xodimlarga maosh to‘lashga ketadi. Shu tariqa, kataloniyaliklar mavsum yakunida 400 million yevro foyda olishni kutmoqda.
Ma’lumot uchun, yozgi transfer oynasida Frank Kesse va Andreas Kristensen erkin agent sifatida “Barselona” bilan shartnoma imzoladi. Shuningdek, “Lids” yarim himoyachisi Rafinya Dias 58 million yevroga va Robert Levandovski “Bavariya”dan va 45+5 million yevro evaziga xarid qilindi. Qolaversa, “Sevilya” klubi futbolchisi Jyul Kunde 50 million yevro evaziga sotib olindi.
LiveBarchasi