“Barsa”chilar uchun xushxabar! Rafinya “Real”ga qarshi o‘yingacha safga qaytadi
Sport
−
17 Oktabr 2025 1849 1 daqiqa
Braziliyalik hujumchi Rafinya Dias “Real Madrid”ga qarshi o‘yinda ishtirok etishi mumkin. Bu haqda “Mundo Deportivo” nashri xabar berdi.
Manbaga ko‘ra, 16 oktyabrdagi MRT tekshiruvi natijasining javobi ijobiy chiqqan va braziliyalik vinger 26 oktyabr kuni “Qirollik klubi”ga qarshi o‘yinda maydonga tushish imkoniyatiga ega. Rafinya 21 oktyabr kuni “Olimpiakos”ga qarshi o‘yinda safga qaytishi mumkin.
“Barselona“ hujumchisi 25 sentyabr kuni “Real Ovedo”ga qarshi o‘yinda (3:1) jarohat olgan edi. Kataloniya klubi dastlab uning tiklanish davrini uch hafta deb hisoblagan, biroq 28 yoshli futbolchi hali to‘liq guruh bilan mashg‘ulot o‘tkazmagan va La Liga doirasidagi “Jirona”ga qarshi bellashuvni o‘tkazib yuboradi.
Ma’lumot uchun, Rafinya joriy mavsumda La Ligada 6 ta o‘yin o‘tkazib, 3 ta gol urdi va 2 ta golli uzatmani amalga oshirdi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi