Barchani yer bilan yakson qilamiz – Putin
Olam
−
30 may 24425 1 daqiqa
Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Boltiqbo‘yi davlatlarining Kaliningrad viloyatiga oid bayonotlariga munosabat bildirdi. Bu haqda u kecha, 29 may kuni Qozog‘istonga tashrifi yakunlari bo‘yicha o‘tkazilgan matbuot anjumanida gapirdi.
Bundan avval Litva Tashqi ishlar vaziri Kyastutis Budris NATOga a’zo Boltiq davlatlarida Kaliningrad viloyatidagi Rossiya havo mudofaa bazalarini “yer bilan yakson qilish” imkonini beruvchi vositalar mavjudligini aytgan edi.
Putinning ta’kidlashicha, Rossiya ham bunday harakatga urinish qilgan har qanday tomonga javob qaytarish uchun yetarli imkoniyatlarga ega.
“Rossiya Federatsiyasida bunday qilishga uringanlarning barchasini yer bilan yakson qilish uchun barcha vositalar mavjud”, degan Putin.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Rossiyaga bevosita harbiy tahdid qiladigan har qanday hudud mamlakat uchun qonuniy nishon hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Rossiya ishtirokisiz xorijiy sudlar qarori bilan hibsga olingan rossiyaliklarni himoya qilish uchun Rossiya Qurolli kuchlarini jalb etishga ruxsat beruvchi qonunni imzolagan edi.
Live
Barchasi