Barchangizdan uzr so‘rayman – Ngannu
Sport
−
09 mart 2024
8350Kecha, 8 mart kuni og‘ir vazn toifasida sobiq UFC chempioni Fransis Ngannu britaniyalik sobiq WBO, WBA, IBO va IBF yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni britaniyalik Entoni Joshuaga mag‘lubiyatga uchragach, o‘z fikrlarini bildirdi.
Hozirga vaqtga kelib kamerunlik sportchi boks bahslarida g‘alaba qozonib ulgurgani yo‘q. Uning hisobida 2 ta mag‘lubiyat bor.
“Barchangizdan uzr so‘rayman. Bugun ringda men uchun yomon kun bo‘ldi, lekin ertadan yangi kun boshlanadi. Qo‘llab-quvvatlaganingiz uchun rahmat”, deb yozdi Ngannu ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Qayd etilishicha, Joshuaga nokaut evaziga mag‘lub bo‘lganidan keyin Ngannu hushiga kelishi uchun kislorod niqobiga ehtiyoj sezgan.
Ma’lumot uchun, Entoni Joshua Ngannugacha 2023 yil 23 dekabr kunida shvetsiyalik Otto Uallinni texnik nokautga uchratgan. Uallin jangni davom ettirishdan bosh tortgan va g‘alaba Joshuaga nasib etgan. Boksda Fransis Ngannu birinchi marta 2023 yil 28 oktyabrda ringga chiqqan. O‘shanda u Butunjahon boks ittifoqi (WBC) yo‘nalishi bo‘yicha jahon chempioni Tayson Fyuriga qarshi jang qilib imkoniyatni boy bergan.
LiveBarchasi