11 yanvardan barcha OTMlarda an’anaviy ta’lim boshlanadi

Jamiyat

image

O‘zbekistonda 2020-2021 o‘quv yilining 11 yanvaridan barcha oliy ta’lim muassasalarining tegishli kurs talabalarida an’anaviy ta’lim boshlanadi. Bu haqda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi Matbuot kotibi Farhod Babashev ma’lum qildi.

Ayrim kasal bo‘lgan yoki ijtimoiy himoyaga muhtoj bo‘lgan talabalarning o‘qishi onlayn shaklda davom ettirilishi mumkin.

“Bu holatda OTMlar talabalarning sharoitlarini o‘rganib chiqadi. Barcha imkoniyatlari mavjud bo‘lgan talabalar an’anaviy ta’limga to‘liq jalb etiladi”, dedi Babashev.

Avvalroq, joriy yilning 1 fevralidan OTMlarda to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘zgarishsiz qolishi haqida xabar bergan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

592

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing