“Barcha odam Xudo oldida teng”. Putin Guterrish bilan uchrashdi 

Olam

image
0:00
0:00
download

Rossiya uchun ba’zi davlatlarning dunyoda kimdir ustunligi yoki mutlaq huquqlarga da’vo qilishi haqidagi gaplari g‘alati tuyuladi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin BMT Bosh kotibi Antoniu Guterrish bilan uchrashuvda ta’kidladi.  

“Biz uchun ba’zi hamkasblarimiz qoidalarga asoslangan dunyo haqida gapirganda g‘alati tuyuladi. Bizning fikrimizcha, asosiy qoida bu tashkilot tomonidan qabul qilingan BMT Nizomi va boshqa hujjatlar, kimningdir o‘zi yoki manfaatlarini ta’minlash uchun yozilgan qog‘ozlar emas”, degan Putin. 

Putinga ko‘ra, bir qator mamlakatlarning kimdir ustun ekani va mutlaq huquqlarga da’vo qilishi haqidagi ayrim bayonotlari ham hayratlanarli. 

“Chunki BMT Nizomida xalqaro aloqaning barcha ishtirokchilari kuchi, kattaligi va geografik joylashuvidan qat’i nazar, bir-biriga teng ekanligi qayd etilgan. Menimcha, bu Bibliyada yozilgan va sanab o‘tilgan narsalarga o‘xshaydi – u yerda hamma odamlar tengdir. Albatta, biz Qur’on va Tavrotda ham xuddi shu narsani topamiz – hamma odamlar Xudo oldida tengdir”, degan Putin.

Putin va Guterrishning Moskvadagi muzokaralari taxminan bir soat davom etgan. Ular uzun stolda muzokara o‘tkazgan. 

Kecha, 26 aprel kuni Guterrish Moskvada Tashqi ishlar vaziri Sergey Lavrov bilan ham uchrashgan. Ushbu uchrashuvdan so‘ng BMT Bosh kotibi Moskva va Kiyev bilan gumanitar masalalar, xususan, Ukrainadan tinch aholi uchun xavfsiz gumanitar yo‘laklarni tashkil etish bo‘yicha aloqa guruhini tuzishni taklif qilgan. 

BMT Bosh kotibi Putin bilan muzokaralardan so‘ng ertaga, 28 aprel kuni Kiyevda Ukraina Prezidenti Vladimir Zelenskiy bilan uchrashadi. Xalqaro tashkilot xabariga ko‘ra, Guterrish Ukrainadagi vaziyatni hal qilishda “qanday olg‘a siljish bo‘lishi mumkinligini” tushunmoqchi. 

“Bizning maqsadimiz – o‘t ochishni to‘xtatish va Ukrainadagi odamlarning ahvolini yaxshilashdir”, degan BMT Bosh kotibi vakili Farxan Xak.


Maqola muallifi

Teglar

Putin Guterrish

Baholaganlar

714

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing