Barcha xodimlar uchun martning 2 ta shanbasi ish kuni bo‘ldi
Bu qiziq
−
09 mart 2023
9903O‘zbekistonda joriy yilning 11 mart hamda 25 mart kunlari (shanba) barcha ishchi xodimlar uchun ish kuni etib belgilangan. Bu Prezidentning “2023 yilda rasmiy sanalarni nishonlash davrida qo‘shimcha ishlanmaydigan kunlarni belgilash va dam olish kunlarini ko‘chirish to‘g‘risida”gi farmonida nazarda tutilgan.
Unga ko‘ra, joriy yilning 11 mart, shanba dam olish kuni 20 mart, dushanba kuniga ko‘chirildi. Shuningdek, 25 mart, shanba dam olish kuni 22 mart, chorshanba kuniga o‘tkaziladi.
Shu munosabat bilan 11 mart hamda 25 mart kunlari (shanba) ish haftasi turidan qat’iy nazar barcha xodimlar uchun ish kuni hisoblanadi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda Navro‘z bayrami munosabati bilan besh kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar 5 kun, olti kunlik ish haftasida ishlaydigan xodimlar esa 4 kun dam oladi.
LiveBarchasi