Barcha investitsiya loyihalari xatlovdan o‘tkazilib, ayrimlari to‘xtatiladi
Jamiyat
−
27 Oktabr 2020
4625O‘zbekistonda barcha investitsiya loyihalarini xatlovdan o‘tkazilib, moliyaviy manbasi bo‘lmaganlari to‘xtatiladi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Davlat ishtirokidagi korxonalarni isloh qilishni jadallashtirish hamda davlat aktivlarini xususiylashtirishga oid chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi farmonida belgilandi.
Moliya vazirligi mazkur Transformatsiya qilinadigan yirik davlat korxonalari va xo‘jalik birlashmalari, Davlat aktivlarini boshqarish agentligi Korporativ boshqaruv va moliyaviy audit joriy etiladigan, operatsion samaradorligi oshiriladigan davlat ishtirokidagi korxonalar bo‘yicha:
• 2021 yil 1 yanvarga qadar Davlat geologiya va mineral resurslar qo‘mitasi bilan birgalikda xalqaro standartlarga muvofiq qayta baholanadigan konlar (davlat zaxiralari) ro‘yxati va “yo‘l xaritalari”ni tasdiqlaydi;
• 2021 yil 1 fevralga qadar 2021 yil uchun korxonalarning byudjet loyihasini ishlab chiqadi;
• 2021 yil 1 iyulga qadar 3 yillik biznes rejalarini (joriy faoliyati, investitsiya loyihalari va ularni moliyalashtirishning aniq manbalari, shu jumladan xalqaro moliya bozorlari mablag‘lari hisobidan, moliyaviy modeli) ishlab chiqishni ta’minlaydi;
• 2021 yil 1 iyulga qadar korxonalarning barcha investitsiya loyihalarini xatlovdan o‘tkazib, boshlanmagan hamda moliyaviy manbalari aniq bo‘lmagan loyihalarni to‘xtatish choralarini ko‘radi.
Vazirlar Mahkamasi (Jamshid Qo‘chqorov) 2021 yil 1 yanvarga qadar mazkur bandda nazarda tutilgan chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha ushbu korxonalar kesimida “yo‘l xarita”larini tasdiqlaydi.
LiveBarchasi