Barcha 1-sinf o‘quvchilariga Berdimuhamedov nomidan noutbuklar beriladi

Olam

image

Yangi o‘quv yilida Turkmaniston maktablari 76 ming 677 nafar birinchi sinf o‘quvchisini qabul qiladi, ularga Prezident Serdar Berdimuhamedov nomidan o‘qish uchun noutbuklar sovg‘a qilinadi. Bu haqda “Turkmaniston. Oltin asr” xabar berdi.

Qayd etilishicha, mamlakat Prezidenti Serdar Berdimuhamedov tegishli ko‘rsatmani 25 avgust kuni imzolagan. 

“Sanoat va qurilish materiallari vazirligi “Aydyn gijeler” iqtisodiy jamiyati bilan birgalikda maktablarga kerakli miqdordagi kompyuterlarni jo‘natdi”, deyiladi “Orient” axborot agentligi xabarida.

“Bilimli” brendining noutbuklari “Aydyn gijeler” jamiyati tomonidan ishlab chiqilgan. Ular turkman, rus va ingliz tillarida mavjud bo‘lgan 11 ta o‘quv dasturini o‘z ichiga olib, turli vazifalarni kechiktirmasdan bajarish imkonini beruvchi kuchli protsessor, katta hajmdagi operativ xotira va tezkor grafikalar bilan jihozlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Turkmaniston maktablar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing