“Barbie” 17 kunda 1 milliard dollar ishlab topdi
Madaniyat-san’at
−
07 avgust 2023
7819Rejissyor Greta Gervigning "Barbie" filmi dunyo bo‘ylab 17 kunlik namoyish davomida 1 milliard AQSH dollaridan ortiq mablag‘ jamg‘ardi. Bu Gervigni filmi milliard dollar ishlab topgan birinchi ayol rejissyorga aylantiradi. Bu haqda “Central Asia” nashri xabar berdi.
Gervigning pushti rangli bu komediyasi Shimoliy Amerikada 459 million va dunyoning boshqa mintaqalarida yana 572 million dollar yig‘di.
Shuningdek, "Barbie" premeradan atigi 17 kun o‘tgach, "tarixdagi eng tez shuncha mablag‘ jamg‘argan film" nomiga erishdi. Bu rekord ilgari "Garri Potter va ajal tuhfalari: 2-qism" filmi tomonidan o‘rnatilgan edi (19 kun). Umuman olganda, bu Warner Brothers kinistudiyasining 100 yillik tarixidagi sakkizinchi "milliarder" film.
“Film keltirgan milliard dollar bizning eng ijobiy bashoratlarimizdan ham oshib ketdi”, deydi kinokompaniya.
Kartinaning muvaffaqiyati shu bilan tugagani yo‘q. "Barbie" ketma-ket uchinchi dam olish kuni kassada birinchi o‘rinni egallab turibdi va namoyishlar hali ham davom etyapti.
Eslatib o‘tamiz, “Barbie” ayni paytgacha ayol kishi tomonidan suratga olingan eng katta debyut deb topilgan.
LiveBarchasi