Barbados qirolichaning qo‘lidan ketdi

Olam

image

Buyuk Britaniya qirolichasi Yelizaveta II 2021 yildan Barbados rahbari bo‘lishdan to‘xtaydi. Orol davlat rasman respublika bo‘ladi. Bu haqda Barbados general-gubernatori Sandra Meyson mahalliy parlamentning kuzgi sessiyasi ochilishida ma’lum qildi

“Bizning kolonial tariximizni butunlay ortda qoldirish vaqti keldi. Barbadosliklarga o‘z davlat rahbari kerak. Barbados to‘liq suverenitet uchun keyingi mantiqiy qadamni tashlaydi va mustaqilligimizning 55 yilligida respublika bo‘ladi”, degan Meyson.

Ma’lumot uchun, Barbados 1966 yilda mustaqillikka erishgan. Ammo Birlashgan Qirolliy tarkibida qolgan. Davlat rahbari rasman Buyuk Britaniya Qirolichasi hisoblanadi. General-gubernator uning vakili. Barbados Karib havzasining sharqiy qismida joylashgan. Orol davlat aholisi 287 mingdan ortiq.

Bukingem saroyidagilar Barbadosning respublika maqomiga o‘tishi - Hukumat va mamlakat aholisining alohida huquqi ekanini e’tirof etgan. Londondagilar bu qarorni bosiqlik bilan qabul qilgan, negaki, bu masala avval ham ko‘tarilgan.

Barbadosni respubliga aylantirish harakati mamlakatning birinchi Bosh vaziri Errola Berrou davrida boshlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Elizaveta II Barbados

Baholaganlar

277

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing