Banklarda dollar kursi 9500 so‘mga yetdi

Jamiyat

image

Bugun, 23 sentyabr kuni O‘zbekistondagi tijorat banklari bir AQSH dollarini 9 500 so‘mdan sotishni, 9 300 - 9 400 so‘mdan sotib olishni boshladi. 

Amerika valyutasi kursi Respublika valyuta birjasida ham o‘sib bormoqda. 20 sentyabr kuni O‘zbekiston valyuta birjasidagi savdolar yakuni bo‘yicha bir dollar 9 441 so‘mga teng bo‘ldi - bu 19 sentyabrdagi ko‘rsatkichdan 12 so‘mga ko‘p.

O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki 17 sentyabrdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan qiymatini 1 dollar 9411 so‘m etib belgilagandi. Unga ko‘ra, 1 AQSH dollari undan avvalgi haftaga nisbatan 16 so‘mga ko‘tarilgan.


Maqola muallifi

Teglar

dollar kurs bank

Baholaganlar

48

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing