Banklarda dollar kursi 11 400 so‘mga yaqinlashdi

Jamiyat

image

Bugun, 16 martdan e’tiboran O‘zbekistondagi ba’zi tijorat banklarida dollar 11 385 so‘mdan sotila boshlandi. Bu mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkichdir.

Tijorat banklarida dollar 11 200 – 11 385 so‘mdan sotilmoqda. O‘z navbatida banklar dollarni 11 335 – 11 100 so‘mdan sotib olmoqda.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank tomonidan o‘rnatilgan rasmiy kursga ko‘ra, 16 martdan 1 AQSH dollari 11 150,12 so‘mga teng. Kecha dollar kursi birdan 117,09 so‘mga ko‘tarilgan.

Qayd etish kerakki, O‘zbekistonda dollar kursi 2 martdan beri (faqatgina 7 mart kuni pasaygan) ko‘tarilib kelmoqda. So‘nggi kunlarda so‘mning dollarga nisbatan qadrsizlanishi tezlashdi.


Maqola muallifi

Teglar

dollar kurs bank

Baholaganlar

300

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing