Bankir Mirzacho‘l tumaniga hokim etib tayinlandi
Jamiyat
−
19 yanvar 2021
9147Bugun ,19 yanvar kuni Xalq deputatlari Mirzacho‘l tuman kengashining navbatdan tashqari sessiyasi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilio‘da tashkiliy masala ko‘rildi.
Sessiyada Mirzacho‘l tumani hokimi bo‘lib ishlab kelgan Komil Adhamovich Xolmurodov boshqa ishga o‘tishi munosabati bilan lavozimidan ozod etildi.
Yig‘ilishda ishtirok etgan viloyat hokimi Ergash Saliyev Mirzacho‘l tumani hokimi lavozimiga Sherzod Malikovich Ahmedov nomzodini taklif qildi. Deputatlar ushbu nomzodni ma’qulladi.
Sherzod Ahmedov 1978 yilda Zomin tumanida tug‘ilgan 2000 yilda Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mexanizatsiyalash muhandislari instituti va 2008 yilda Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti tamomlagan.
Sherzod Ahmedov 2016 yildan buyon “Agrobank” aksiyadorlik tijorat bankining Jizzax viloyati boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Komil Adhamovich Xolmurodov Mirzacho‘l tumaniga 2018 yil noyabr oyidan buyon rahbarlik qilib kelayotgandi.
LiveBarchasi