Bank-moliya akademiyasiga rektor tayinlangan

Jamiyat

image

Timur Damirovich Yadgarov O‘zbekiston Respublikasi Bank-moliya akademiyasi rektori etib tayinlangan. Akademiya saytida berilgan ma’lumotga ko‘ra, Yadgarov  bu lavozimda 1 iyunda ish boshlagan.

Timur Yadgarov 1992 yildan boshlab biznesni boshqaradi. Xalqaro savdo, bank-moliya sohasida biznesga rahbarlik qilgan. 

Harvard Business School va Baden-Württemberg Export Academy professorlaridan ta’lim olgan. Marketing va strategik boshqaruvni o‘rgangan. Pedagogika magistri. Iqtisodiyot fanlari nomzodi.

“Skolkovo” xalqaro biznes maktabi, Moskva Davlat boshqaruv universiteti (2013-2018) va boshqa nufuzli oliy ta’lim muassasalarida liderlik va tashkiliy rivojlanish dasturlari bo‘yicha dars bergan.

2003 yildan moderatsiya, fasilitatsiya, tartibsizlikni tizimga kiritish va kelishmovchiliklarni boshqarish kompetensiyasiga ega. 2004-2006 yillarda Kapitalbankda strategiya va xodimlar bo‘yicha direktor lavozimida, 2007 yilda URSA bank, 2009 yilda Uyuterra, 2010 yilda Ilim Timber Industry korxona va banklarda M&A bitimlarni amalga oshirish jarayonida komandalarni integratsiya qilish loyihalari  rahbari. 2011 yilda “Texnosila” kompaniyasi direktorlar kengashining a’zosi sifatida qiymati bir milliard dollardan ortiq bo‘lgan kompaniyalarda dolzarb savollarga javob topishga yordam bergan.

Timur Damirovich mafkura va kommunikatsiya sohasida eng muhim kelishuvlar yaratish imkonini beradigan dunyo bestselleri muallifi Djon King bilan birgalikda ishlab chiqilgan “Tribal Leadership” malaka oshirish dasturi (2012-2020) master-murabbiy hisoblanadi.

Uning rahbarligida amalga oshirilgan "CREDO-muvaffaqiyat madaniyatiga yo‘l" (2018-2020) dasturi Kazaktelekom kompaniyasini eng yaxshi xodimlariga shaxsiy qadriyatlarning korporativ qadriyatlar bilan aloqasini hamda innovatsion g‘oyalarini amalga oshirishga va millionlab AQSH dollarida baholangan iqtisodiy samarani yaratishga yordam berdi.

Yevrosiyo markaziy depozitariylari assotsiatsiyasi tashabbuskori (2001). Rossiya iqtisodiyot jamg‘armasi (Rossiya) va “One million acts of innovation” (Kanada) asoschilaridan biri. O‘zbekiston Respublikasi kapital bozorini rivojlantirish agentligi ekspert Kengashi a’zosi.


Maqola muallifi

Teglar

Bank-moliya akademiyasi Timur Yadgarov

Baholaganlar

147

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing