Bank filiali boshqaruvchisi Mirzaobodga hokim bo‘ldi

Jamiyat

image

Sirdaryo viloyati Mirzaobod tumaniga Orif Rahmonqulov hokim etib tayinlandi. Bu haqda tuman hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Bugun, 27 avgust kuni xalq deputatlari Mirzaobod tumani Kengashining navbatdan tashqari sessiyasida tumanga yangi hokim tayinlangan. Deputatlar viloyat hokimi Akmaljon Mahmudaliyevning Mirzaobod tumanining oldingi hokimi Sarvar Sultonovni lavozimidan ozod etish to‘g‘risidagi taklifini ma’qulladi. 

Viloyat rahbari tuman hokimi lavozimiga tavsiya etilgan nomzod — Orif Xudoyberdiyevich Rahmonqulovni tanishtirdi. Viloyat hokimining Orif Rahmonqulovni Mirzaobod tumani hokimi etib tayinlash to‘g‘risidagi qarori deputatlar tomonidan bir ovozdan tasdiqlandi.

Orif Raxmonkulov 1983 yilda Jizzax viloyati Baxmal tumanida tug‘ilgan. 2010 yilda Toshkent moliya institutini bakalavr darajasini, 2012 yilda magistraturani tamomlagan. Ma’lumoti bo‘yicha mutaxassisligi – buxgalteriya hisobi va audit.

Mehnat faoliyati davomida bank sohasida turli vazifalarda faoliyat olib borgan. Mazkur tayinlovga qadar “Ipoteka-bank” aksiyadorlik tijorat banki Sirdaryo viloyati filiali boshqaruvchisi lavozimida ishlab kelayotgan edi.

Eslatib o‘tamiz, Mirzaobod tumanining oldingi hokimi Sarvar Sultonovni ishdan olish bo‘yicha Bosh vazir Abdulla Aripovning taklifi 17 iyul kuni Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida iqtisodiy o‘sish sur’atlarini ta’minlash yuzasidan birinchi yarim yillikda amalga oshirilgan ishlar va kelgusi vazifalarga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishida qo‘llab-quvvatlangandi. Shu majlisda hokimi ishdan olinishi ma’qullangan tumanlarga birin-ketin yangi hokimlar tayinlandi. Xususan, 7 avgust kuni FurqatToshkent, MingbuloqQorao‘zakTaxiatosh va Yangiariq tumanlari hamda  G‘ozg‘on shahriga yangi hokimlar tayinlangandi. 8 avgust kuni Gurlan tumaniga, bugun, 27 avgustda esa Uchquduq tumaniga hokim tayinlandi.


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Mirzaobod Orif Rahmonqulov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made