Bangkokdagi fojiada o‘zbekistonliklar jabrlandimi?

Jamiyat

image

Joriy yilning 16 may kuni Tailand poytaxti Bangkokda yuk poyezdi yo‘lovchi tashuvchi avtobus bilan to‘qnashib ketgan edi. Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rasmiy munosabat bildirib, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari yo‘qligini ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, Bangkok shahrida yuk poyezdi va yo‘lovchi avtobusi to‘qnashuvi oqibatida 8 kishi halok bo‘lgan, 33 nafar jabrlanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatilgan. 17 may holatiga ko‘ra, jarohat olganlarning 15 nafariga shifoxonadan javob berilgan, 18 nafari davolanmoqda. Hozircha halok bo‘lganlardan 2 nafari Tailand fuqarosi ekani aniqlangan. 

Bangkokdagi Police General Hospital sud-tibbiy ekspertiza bo‘limi ma’lumotiga ko‘ra, jabrlanganlar orasida O‘zbekiston fuqarolari mavjud emas. Mazkur holat O‘zbekistonning Tailanddagi konsullik muassasasi tomonidan doimiy nazoratga olingan.

Eslatib o‘tamiz, ushbu favqulodda hodisa Makkasan stansiyasi yaqinida sodir bo‘lgan. Avtobus temir yo‘lga tiqilib qolgan. Halokatga uchragan poyezd og‘ir konteynerlarni tashiyotgan bo‘lgan va to‘qnashuvgacha o‘z vaqtida tormoz berishga ulgurmagan.


Maqola muallifi

Teglar

Tashqi ishlar vazirligi fojia Tailand Bangkok

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing