Baltimorda yuz bergan otishmada 28 kishi yaralandi

Olam

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Baltimor shahrida joylashgan mavzelardan birida otishma sodir bo‘ldi. Bu haqda mahalliy politsiya xabar berdi. 

Aniqlanishicha, otishma oqibatida 2 kishi halok bo‘lib, 28 kishi yaralangan. Ommaviy axborot vositalarining qayd etishicha, hodisa butun Qo‘shma Shtatlar bo‘ylab mamlakat Mustaqillik kunini nishonlash arafasida o‘tkazilgan ommaviy tantanalar fonida yuz bergan.

Baltimor politsiyasi komissari Richard Uorlining so‘zlariga ko‘ra, jinoyat sodir bo‘lgan joy ancha keng bo‘lgan, ammo politsiya va tergovchilar qurolli shaxslarni qidirmoqda.

Baltimordagi otishma guvohlaridan birining aytishicha, tantanalar paytida odamlar o‘q ovozini pirotexnika vositalarini ovozi deb o‘ylashgan va shu sababli ular haqiqiy otishmaga darhol e’tibor berishmagan.

“Bu yana bir bor ko‘chalarimizdagi noqonuniy qurollarning eng yuqori darajasiga qarshi kurashish zarurligini ta’kidlaydi”, deydi Baltimor meri Brendon Skott.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh otishma Baltimor

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing