Balogun ishi bo‘yicha tafsilotlar ochiqlandi

Sport

−

image

AQSH milliy terma jamoasi hujumchisi Folarin Balogunning 2026 yilgi Jahon chempionatidagi diskvalifikatsiyasini bekor qilish to‘g‘risidagi qaror FIFA Intizom qo‘mitasi raisi, BAA vakili Muhammad Al-Kamaliy tomonidan yakka tartibda qabul qilingan. Bu haqda “The Times” nashri xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, FIFA Intizom qo‘mitasi 18 nafar a’zodan iborat bo‘lsa-da, qaror qabul qilinishi jarayonida qo‘mitaning boshqa a’zolari ishtirok etmagan va ular bilan maslahatlashilmagan.

25 yoshli Balogun Jahon chempionatining 1/16 finalida Bosniya va Gersegovinaga qarshi uchrashuvda (2:0) qizil kartochka olgan edi. Keyinchalik FIFA uning bir o‘yinlik diskvalifikatsiyasini bekor qilib, jazoni bir yillik sinov muddati bilan almashtirdi.

Shu tariqa, amerikalik hujumchi Belgiyaga qarshi 1/8 final bahsida maydonga tushish imkoniyatiga ega bo‘ldi. Biroq shunga qaramay AQSH Belgiyaga 4:1 hisobida imkoniyatni boy berdi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing