Balki “Real Madrid” futbolkasini kiysam, sochlarim o‘sib ketar – Anri
Sport
−
12:22 971 1 daqiqa
“Arsenal”ning mashhur sobiq futbolchisi Terri Anri muammolariga qaramay, “Real Madrid”ning Chempionlar ligasida “Manchester Siti”ni yirik hisobda mag‘lubiyatga uchratganidan hayratlanganini aytib o‘tdi. Bu haqda u CBS Sports studiyasida o‘yindan keyingi dasturda so‘z ochdi.
“Men “Real Madrid” futbolkasi nimadan tikilganini bilmayman. Bu qanday sodir bo‘lishini tushunmayman, lekin ular Chempionlar ligasida o‘ynaganda shunchaki o‘zgarib ketadi. Balki men ham shu futbolkani kiysam, sochlarim yana o‘sib chiqib qolar”, deydi Anri.
Ushbu uchrashuvda “qirollik klubi” safida hujumchi Kilian Mbappe hamda yarim himoyachi Jud Bellingem va bir qator futbolchilar jarohatlari sabab ushbu uchrashuvni o‘tkazib yubordi, lekin shunga qaramay madridliklar sardori Federiko Valverde faoliyatidagi ilk xet-trikni qayd etib, jamoasiga g‘alaba keltirdi.
Ma’lumot uchun, ushbu jamoalar o‘rtasidagi javob uchrashuvi joriy yilning 17 mart kuni Manchester shahrida bo‘lib o‘tadi.