Balerina Guli Hamroyeva vafot etdi

Madaniyat-san’at

image

O‘zbekiston xalq artisti, balerina Guli Hamroyeva 76 yoshida vafot etdi. Bu haqda Madaniyat va turizm vazirligi xabar qildi.

Guli Hamroyeva Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston davlat akademik katta teatrining prima balerinasi, sara jahon va milliy klassik balet spektakllaridagi yetakchi partiyalar ijrochisi hisoblanadi.

Uning “Baxchirayskiy fontan", ”Don Kixot“, ”Esmeralda“, ”Dilorom“, ”Amulet lyubvi“, ”Spartak" va boshqa ko‘plab spektakllardagi yetakchi partiyalari milliy balet xazinasidan o‘rin egallagan.

“Madaniyat va turizm vazirligi jamoasi Guli Razzoqovna Hamroyevaning vafoti munosabati bilan uning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildiradi”, deyiladi xabarda.

Guli Hamroyeva 1946 yil Toshkentda tug‘ilgan. U O‘zbekiston xalq artisti Razzoq Hamroyevni qizi. Guli Hamroyeva 1966 yil Toshkent xoreografiya bilim yurtida tahsil olgan. Shu yili Navoiy nomidagi Katta opera va balet teatrida balet raqqosasisi bo‘lib ishlagan. U 2002 yildan Toshkent davlat milliy raqs va xoreografiya Oliy maktabining rektori lavozimida ishlagan.


Maqola muallifi

Teglar

Guli Hamroeva balerina

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar