Bakudan Grozniy va Maxachqal’aga parvozlar to‘xtatildi

Olam

image

Ozarbayjon havo yo‘llari (AZAL) Aqtau yaqinida halokatga uchragan yo‘lovchi samolyoti bo‘yicha tergov yakunlanguniga qadar Baku-Grozniy-Baku va Baku-Maxachqal’a-Baku barcha reyslarini bekor qildi. Bu haqda AZAL matbuot xizmati xabar berdi.

“Ozarbayjon havo yo‘llari” aviakompaniyasining Baku-Grozniy-Baku va Baku-Maxachqal’a-Baku yo‘nalishlari bo‘yicha parvozlari tekshiruv yakunlanguniga qadar to‘xtatildi”, deyiladi xabarda.

Aniqlik kiritilishicha, AZAL'ning boshqa yo‘nalishlariga parvozlar muntazam jadval bo‘yicha amalga oshirilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon aviakompaniyasining Baku-Grozniy reysi bo‘yicha uchayotgan samolyoti Qozog‘istonda halokatga uchragani xabar qilingandi.  
Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev ushbu aviahalokat munosabati bilan MDHning norasmiy sammitida qatnashmay Bakuga qaytdi. Rossiya Prezidenti Vladimir Putin esa halok bo‘lganlar va jarohatlanganlarning yaqinlariga hamdardlik bildirib, barcha jabrlanganlarga tezroq shifo topishini tilagan. Shuningdek, O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev ham Ilhom Aliyev va Vladimir Putinga Qozog‘istonda samolyot halokatga uchragani oqibatida ko‘plab odamlar qurbon bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik yo‘llagan. Samolyot bortida besh nafar ekipaj a’zosi va 64 nafar yo‘lovchi bo‘lgan, ulardan 42 nafari Ozarbayjon, 16 nafari Rossiya, olti nafari Qozog‘iston va uch nafari Qirg‘iziston fuqarolari bo‘lgan. Yana ikki kishining fuqaroligi noma’lum. Qozog‘iston Bosh prokuraturasi ma’lumotlariga ko‘ra, 32 kishi, jumladan o‘n nafar rossiyalik tirik qolgan.


Maqola muallifi

Teglar

Baku Grozniy AZAL

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing