Bakudagi supermarketda otishma sodir bo‘ldi

Olam

image

Kecha, 4 mart kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahrida joylashgan “Bravo” supermarketlar tarmog‘ida otishma yuz berdi. Bu haqda TASS agentligi xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, otishma oqibatida Rufat Gasanov ismli shaxs boshiga o‘q tegib halok bo‘lgan.

Fuqaro Samir Sheydayev esa boshining orqa qismidan ikki marta o‘q jarohati olgan. Ismi oshkor qilinmagan yana bir kishi o‘ng yelkasidan yaralangan.

Gipermarket xaridorlari va xodimlariga zarar yetmagan. Voqea joyiga tez yordam xodimlari yetib borgan. 

Holat yuzasidan Ozarbayjon Bosh prokuraturasi jinoiy ish ochgan.

“Politsiya xodimlari tomonidan olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida hujumda gumon qilinayotgan shaxs – 2001 yilda tug‘ilgan Ruxlan Ismoilov Baku markazidagi binolardan birida yashiringani aniqlandi. Hibsga olish vaqtida u politsiyaga qurolli qarshilik ko‘rsatgan va zararsizlantirilgan. Yana bir gumonlanuvchi qo‘lga olindi”, deyiladi xabarda.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing