Bakuda O‘zbekiston madaniyat kunlari start oldi (fotoreportaj)
Madaniyat-san’at
−
02 avgust 2023
5784Ozarbayjonning Baku shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlarining ochilish marosimi va qo‘shma konsert dasturi bo‘lib o‘tdi.
Ikki mamlakat rahbarlari Shavkat Mirziyoyev va Ilhom Aliyev uchrashuvida amalga oshirilgan kelishuvlar doirasida joriy yilning 1 avgust kuni Ozarbayjon Respublikasining Baku shahrida O‘zbekiston madaniyati kunlari boshlandi.
1 avgust oqshomida madaniyat kunlarining ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi. Marosimni kirish so‘zi bilan ochgan Ozarbayjon Respublikasi madaniyat vaziri Odil Karimli ushbu tarixiy kun ikki mamlakatlar madaniy aloqalari rivoji uchun yangi sahifa ekanini ta’kidlab, madaniy haftalik ishiga muvaffaqiyat tiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Madaniyat vaziri Ozodbek Nazarabekov qardosh xalqlar o‘rtasidagi ko‘p vektorli aloqalar, ayniqsa, so‘nggi yillarda yanada mustahkamlanib, yangi bosqichga chiqqanini ta’kidladi. Madaniyat, san’at va adabiyot borasidagi tarixiy yaqinlik ikki xalqning azaldan bir-biriga uyg‘un rivojlanganini alohida e’tirof etdi.
Shundan so‘ng muhtasham saroyda o‘zbekistonlik va ozarbayjonlik san’at ustalari ishtirokida qo‘shma konsert bo‘lib o‘tdi.
Konsert dasturida O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist Kamoliddin O‘rinboyev boshchiligidagi O‘zbekiston davlat simfonik orkestri, shuningdek O‘zbekiston xalq artistlari Farruh Zokirov, Nasiba Abdullayeva, Samandar Alimov, Gulsanam Mamazoitova, Jenisbek Piyazov, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artistlar Ilyos Arabov, Yulduz Turdiyeva, xonandalar Ozoda Nursaidova va Ozarbayjon xalq artisti Gulyanoq Mamedova ishtirok etdi.
LiveBarchasi