Bakuda maktab o‘quvchisi o‘qituvchisini otib qo‘ydi

Olam

image

Bugun, 6 fevral kuni Ozarbayjon poytaxti Baku shahridagi xususiy maktab o‘quvchisi otasining quroli bilan o‘qituvchisini yaraladi. Bu haqda “Azertag” xabar berdi.

Nashrga ko‘ra, hodisa Bakuning Binagadi tumanida joylashgan Idrak xususiy litseyi yaqinida sodir bo‘lgan. Ozarbayjon Ichki ishlar vazirligining xabar berishicha, o‘smir maktabga otasiga tegishli ov miltig‘i bilan kelgan va u yerda ishlaydigan o‘qituvchini yaralagan.

Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, 1997 yilda tug‘ilgan o‘qituvchi Klinik tibbiyot markazida davolanmoqda. Shifokorlar unga zarur tibbiy yordam ko‘rsatgan. Bemor barcha kerakli laboratoriya va instrumental tekshiruvlardan o‘tkazilgan. Shifokorlar uning ahvolini barqaror, o‘rtacha og‘ir deb baholamoqda.

Maktab o‘quvchisi politsiya tomonidan hibsga olingan. Uning ov miltig‘i musodara qilingan. Hozirda holat bo‘yicha tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Qozog‘iston G‘arbidagi Kulsari shahridagi maktabda 10-sinf o‘quvchisi tengdoshlariga bolta bilan hujum qilgani haqida xabar berilgan edi.

Jamshidbek Amirov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Ozarbayjon Baku o'quvchi o'qituvchisini yaraladi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing