Baku yangi urush boshlash uchun sabab qidirmoqda – Pashinyan
Olam
−
31 mart
5497Baku 1990 yillarda Yerevan nazoratiga o‘tgan to‘rtta aholi punkti atrofidagi vaziyatdan harbiy amaliyotlarni boshlash uchun bahona sifatida foydalanish niyatida. Bu haqda Armaniston hukumati rahbari Nikol Pashinyan kecha, 30 mart kuni Artashat shahridagi partiyadoshlari bilan uchrashuvda aytib o‘tdi.
“Biz hech qachon bu qishloqlar hududiga da’vo qilmaganmiz. Buni, ayniqsa, Ozarbayjon mintaqada yangi keng ko‘lamli urush boshlash uchun sabab topishga harakat qilayotgani bizga ayon bo‘lgan sharoitda juda aniq aytish kerak", degan u.
Pashinyanning bildirishicha, Armanistonning siyosiy pozitsiyasi mamlakatning xalqaro tan olingan chegaralaridan tashqaridagi hududlarga, jumladan, Ozarbayjon qishloqlariga da’vo qilmaslikdan iborat.
Eslatib o‘tamiz, 11 mart kuni Ozarbayjon Armaniston tomonidan bosib olingan 4 qishloqni zudlik bilan qaytarishni talab qilgan edi. 19 mart kuni Pashinyan Armaniston-Ozarbayjon chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish boshlanganini ma’lum qildi.
LiveBarchasi