Baku endi Eronning qosh-qovog‘iga qaramoqchi emas. Isroilda elchixona ochiladi

Olam

image

Isroilda Ozarbayjon elchixonasi ochiladi. Azarbayjonning mahalliy “APA” axborot agentligining 18 noyabr kuni xabar berishicha, tegishli masala Milliy Majlis (parlament)ning bugungi yig‘ilishida “Ozarbayjon Respublikasining Isroil Davlatida (Tel-Aviv) elchixonasini tashkil etish to‘g‘risida”gi qonun loyihasi orqali kun tartibiga qo‘yilgan. 

Ozarbayjon hukumati islomiy birdamlik nuqtai nazaridan Tel-Avivda o‘z elchixonasini ochishga hali jur’at eta olmadi. Isroil diplomatik missiyasi Bakuda 1993 yil avgustidan beri faoliyat yuritayotgan bo‘lsa-da,  2011 yil iyun oyida Ozarbayjon Falastin elchixonasini ochgan. 

Bakuning bunday qadamdan voz kechishida eng yirik Kavkazorti respublikasining janubiy qo‘shnisi – Eronning Isroil bilan dushmanlik munosabatlari omili oxirgi rol o‘ynamadi. Biroq, Ozarbayjon-Eron munosabatlarining hozirgi keskinlashuvi fonida, aftidan, Bakuda vazminlik uchun jiddiy sabablar yo‘q. 

Eslatib o‘tamiz, Ozarbayjon-Eron munosabatlaridagi navbatdagi “kuzgi keskinlashuv”ga Eron harbiy-siyosiy rahbariyatining yaqinda Isroil Mudofaa vaziri Beni Gansning Bakuga qilgan tashrifiga nisbatan keskin munosabati, shuningdek, Ozarbayjonning g‘arbiy viloyatlaridan Armaniston hududi orqali Naxichevangacha bo‘lgan Zangezur yo‘lagidan koridor sifatida foydalanish istagi sabab bo‘lgan edi.

O‘z navbatida Bakudan Tehron ko‘plab mintaqaviy masalalarda qo‘shnilarining huquqlarini poymol etayotgani va qizil chiziqdan o‘tishga intilayotgani haqidagi ovozlar eshitilmoqda. 

Eron islomiy davlat bo‘lishiga qaramay, bu yerda 40 million ozarlar istiqomat qilishiga qaramay, Qorabog‘ yerlarining Ozarbayjonda tortib olinishini parda ortidan ma’qullab kelishi aytiladi. 

Shuningdek, yig‘ilishda deputatlar "Ozarbayjon Respublikasining Falastin Davlatida vakolatxonasini tashkil etish to‘g‘risida"gi qonun loyihasini ham muhokama qildi. Ikki qonun ham deputatlar tomonidan ma’qullandi 


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

157

Reyting

2.9

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing