Baxtiyor Saidov Yevropa diplomatiyasi rahbari bilan gaplashdi
Olam
−
07 yanvar
1568O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Yevropa Ittifoqining tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili, Yevropa komissiyasi vitse-prezidenti Kaya Kallas bilan telefon orqali muloqot o‘tkazdi. Bu haqda u o‘zining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida ma’lum qildi.
"Suhbatimiz davomida ikki tomonlama va ko‘p tomonlama hamkorlik doirasidagi qator mavzularni qamrab oldik. Mintaqalarimiz o‘rtasidagi hamkorlik jadal sur’atlar bilan yuksalib borayotganligini ta’kidladik. Ko‘plab natijalarga erishdik, hali oldimizda yanada kengroq imkoniyatlar mavjud", deb yozdi Baxtiyor Saidov.
Shuningdek, vazir bu yil Samarqand shahrida bo‘lib o‘tadigan Markaziy Osiyo — Yevropa Ittifoqi sammitini intiqlik bilan kutayotganini bildirgan.
Ma’lumot uchun, Kaya Kallas o‘tgan yilning oktyabridan beri Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili lavozimida ishlab kelmoqda. U estoniyalik huquqshunos, siyosatchi va davlat arbobi bo‘lib, 2021 yilning 26 yanvaridan 2024 yil 15 iliga qadar Estoniya bosh vaziri lavozimida faoliyat yuritgan. Shuningdek, Islohotlar partiyasi raisi, Yevropa Liberallar va Demokratlar Alyansi a’zosi bo‘lgan.
LiveBarchasi