Baxtiyor Saidov uch davlat elchilarining ishonch yorliqlarini qabul qildi
Jamiyat
−
16 may
3025Bugun, 16 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov uch davlat – Portugaliya, Litva va Daniyaning O‘zbekistondagi yangi elchilaridan ishonch yorliqlarini qabul qilib oldi. Bu haqda vazir o‘zining Telegram-kanalida xabar berdi.
Jumladan, Baxtiyor Saidov Portugaliyaning O‘zbekistondagi Favqulodda va muxtor elchisi etib tayinlangan Madalena Fisherdan ishonch yorliqlarini qabul qilgan.
Shuningdek, vazir Litvaning O‘zbekistondagi yangi elchisi Egidiyus Navikas hamda Daniyaning O‘zbekistondagi elchisi etib tayinlangan Yakob Xenningsendan ishonch yorliqlarini olgan.
“Uchrashuvimiz davomida ikki tomonlama munosabatlarning hozirgi holatini muhokama qildik va kelgusi hamkorlikning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilab oldik”, deb yozgan vazir ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Kiprning O‘zbekistondagi yangi elchisi tayinlandi.
LiveBarchasi