Baxtiyor Saidov turkiyalik mavqedoshi bilan suhbatlashdi
Olam
−
11 avgust 2281 1 daqiqa
Bugun, 11 avgust kuni Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidan va O‘zbekiston TIV rahbari Baxtiyor Saidov telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda Saidov o‘zining Telegram-kanalida yozib qoldirdi.
“Bizning kun tartibimiz ikki va ko‘p tomonlama hamkorlik masalalarining keng doirasini qamrab oldi. Bo‘lajak tadbirlarga tayyorgarlik ko‘rish, strategik sheriklikni mustahkamlash yo‘llari, shuningdek, mintaqaviy va global mavzularni muhokama qildik”, deya yozgan O‘zbekiston TIV rahbari.
Uning qo‘shimcha qilishicha, O‘zbekiston va Turkiya TIV mamlakatlar o‘rtasida erishilgan barcha kelishuvlarni o‘z vaqtida bajarilishini ta’minlash maqsadida yaqindan hamkorlikni davom ettiradi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi rahbari Baxtiyor Saidov joriy yilning 21-22 iyun kunlari Turkiyaning Istanbul shahrida bo‘lib o‘tagan Islom hamkorlik tashkiloti Tashqi ishlar vazirlari kengashining 51-sessiyasida qatnashgandi hamda tadbirni yuksak darajada tashkil etgani va samimiy mehmondo‘stlik uchun Turkiya Tashqi ishlar vaziri Xoqon Fidanga chuqur minnatdorlik bildirgandi.
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr