Baxtiyor Saidov Lavrov bilan uchrashdi

Olam

image

Bugun, 22 may kuni O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri Baxtiyor Saidov Rossiyaga bordi va u yerda rossiyalik mavqedoshi Sergey Lavrov bilan muzokara o‘tkazdi. Bu haqda Rossiya Tashqi ishlar vazirligi ma’lum qildi.

Aytilishicha, muzokaralar avvalida Baxtiyor Saidov O‘zbekiston va Rossiya o‘zaro manfaatli munosabatlarni muttasil mustahkamlab borayotganini, Toshkent esa o‘sishning yangi drayverlarini izlashga bel bog‘laganini qayd etgan. 

“Rossiya Federatsiyasi O‘zbekistonning doimiy va yaqin hamkoridir. O‘tgan yilning sentyabr oyida Samarqandda bo‘lib o‘tgan Shanxay hamkorlik tashkiloti sammitida munosabatlarimiz tarixida tubdan yangi bosqich belgilandi. Ikki davlat rahbarlari har tomonlama strategik sheriklik to‘g‘risidagi deklaratsiyani imzoladilar. Biz barcha muhim yo‘nalishlarda o‘zaro manfaatli aloqalarni doimiy ravishda mustahkamlab boramiz. O‘sishning yangi drayverlarini topish va mavjud zaxiralarni ro‘yobga chiqarishni ko‘zlagan holda, bu sur’atni saqlab qolish va oshirish niyatidamiz”, degan O‘zbekiston Tashqi ishlar vaziri.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya O'zbekiston Baxtiyor Saidov Lavrov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing