Rasman: Baxtiyor Saidov Xalq ta’limi vaziri etib tayinlandi
Jamiyat
−
17 noyabr 2021
16682Avvalroq, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari Baxtiyor Odilovich Saidov nomzodini O‘zbekiston Xalq ta’limi vaziri lavozimiga ma’qullagani haqida xabar bergandik.
Bugun, 17 noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoniga asosan Xalq ta’limi vaziri lavozimiga Baxtiyor Odilovich Saidov tayinlandi. Bu haqda vazirlik Matbuot xizmati xabar berdi.
Ma’lumot uchun, Baxtiyor Odilovich Saidov Toshkent Davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. U shu kunga qadar O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahakamasi, Investitsiyalar va tashqi savdo vazirligi hamda O‘zbekistonning bir qator davlatlardagi elchisi lavozimlarida faoliyat yuritgan.
Shu kunga qadar Xalq ta’limi vaziri lavozimini egallagan Sherzod Xotamovich Shermatov Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vaziri lavozimiga tayinlandi.
“Xalq ta’limi vazirligi jamoasi Sherzod Xotamovich Shermatovga bugungi kunga qadar maktab ta’limi sifati, o‘qituvchilar hamda maktab nufuzini oshirishga qo‘shgan hissasi hamda tizimda amalga oshirgan tarixiy islohotlari uchun minnatdorlik bildiradi va uning kelgusi faoliyatida bundanda yuksak zafarlar tilaydi”, deyiladi vazirlik xabarida.
LiveBarchasi