Rustam Inoyatov lavozimidan ozod etildi
Jamiyat
−
15 noyabr 2021
46401O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli farmoni bilan Baxtiyor Jahongirovich Islomov Prezidentning huquqni muhofaza qiluvchi va nazorat organlari faoliyatini muvofiqlashtirish masalalari bo‘yicha maslahatchisi lavozimiga tayinlandi. Bu haqda Prezident matbuot kotibi Sherzod Asadov xabar berdi.
Ma’lumot o‘rnida, mazkur tayinlovga qadar ushbu lavozimda Rustam Inoyatov ishlab kelayotgan edi.
Foto: Baxtiyor Islomov
Qayd etilishicha, Baxtiyor Islomov bungacha Prezidentning fuqarolar huquqlarini himoya qilish va murojaatlar bilan ishlash masalalari bo‘yicha maslahatchisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallab kelayotgan edi.
Eslatib o‘tamiz, Baxtiyor Islomov maslahatchi o‘rinbosarligidan avval Jinoyat ishlari bo‘yicha Toshkent shahar sudi raisi sifatida faoliyat yuritgan.