Baxmut yo‘nalishida Ukraina mudofaadan hujumga o‘tdi 

Olam

image

Baxmut yo‘nalishi bo‘yicha Ukraina Qurolli Kuchlari mudofaadan hujumga o‘tdi. Bu haqda Respublika Mudofaa vaziri o‘rinbosari Anna Malyar ma’lum qildi.

Xabar qilinishicha, o‘tgan kun davomida Ukraina Qurolli Kuchlari Baxmut shahri yaqinidagi turli hududlarda 200-1100 metrga oldinga siljigan. 

Malyarning so‘zlariga ko‘ra, Rossiya bu yo‘nalishda mudofaaga o‘tdi va zaxiralarni chuqurlikdan o‘tkazmoqda. 

"Vagnerchilar orqada qolgan. Bugungi kunga kelib, Rossiya Federatsiyasining muntazam armiyasi havo hujumi bo‘linmalaridan foydalangan holda jangovar harakatlar olib bormoqda", deb yozgan Malyar.

Malyar Baxmut yo‘nalishi mudofaasini shuncha vaqt ushlab turish mumkinligini va endi unga hujum qilish, jumladan, oldindan tayyorlangan istehkomlar tufayli ham bo‘lishi mumkinligini ta’kidlagan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Amerika urushni o‘rganish instituti (ISW) tomonidan e’lon qilingan xaritada “Vagner” guruhining yollanma askarlari Ukrainaning Baxmut shahridan chekingani keltirilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

hujum Baxmut

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

online_predictionLive

Barchasicall_made