Bag‘doddagi yirik yong‘in qurbonlari soni keskin ortdi

Olam

image

Avvalroq, Iroq poytaxti Bag‘doddagi koronavirus bemorlarini davolashga mo‘ljallangan shifoxonada yirik yong‘in yuz bergani haqida xabar bergan edik. Hodisada 45 kishi halok bo‘lgani aytilgandi.

So‘nggi ma’lumotlarga ko‘ra, Ibn al-Xatib shifoxonasidagi yong‘in natijasida halok bo‘lganlar soni 82 nafarga yetdi, 110 kishi jarohatlangan. Bu haqda “Bag‘dod al-Yaum” portadi Iroq IIVga tayanib xabar bergan.

“Ibn al-Xatib shifoxonasidagi yong‘in 82 kishini hayotdan olib ketdi, 110 kishi jarohatlandi”, deyiladi xabarda.

Iroq SSV yong‘inda 200 ga yaqin odam qutqarilganini ma’lum qilgan. Mamlakatda uch kunlik motam e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Bag'dod

Baholaganlar

127

Reyting

2.8

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing