Bag‘doddagi shifoxonada chiqqan yong‘inda 45 kishi halok bo‘ldi (video)

Olam

image

Iroq poytaxti Bag‘dodda koronavirus bemorlari uchun mo‘ljallangan shifoxonadagi yirik yong‘in natijasida hozirgacha 45 kishi halok bo‘ldi. Bu haqda “Al-Hadath” telekanali xabar qildi.

Bag‘dod janubi-sharqidagi Ibn al-Xatib shifoxonasida kecha, 24 aprel kuni yong‘in yuz berdi. Yong‘in kislorod ballonlari saqlanadigan omborda portlash yuz bergach boshlangan. Shifoxonadagi ba’zi bemorlar omon qolish uchun oynadan sakragan. Ikki qavatli bino deyarli to‘liq yonib ketgan.

Iroq SSV halok bo‘lganlar va jarohatlanganlar haqida rasmiy ma’lumot berganicha yo‘q. Vazirlik yong‘inda 200 ga yaqin odam qutqarilganini ma’lum qilgan.

Telekanal 50 ga yaqin odam jarohatlanganini e’lon qildi. Yong‘indan keyin ba’zi siyosatchilar, jamoatchilik va parlament vakillari Iroq Sog‘liqni saqlash vaziri Hasan al-Tamimning iste’fosini talab qildi.

Iroqda uch kunlik motam e’lon qilindi.


Maqola muallifi

Teglar

yong'in Iroq

Baholaganlar

88

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing