BAAga boradigan yo‘lovchilar uchun muhim yangilik e’lon qilindi

Jamiyat

image
0:00
0:00
download

Birlashgan Arab Amirliklari turistik yoki mehmon vizasida safar qiladigan yo‘lovchilar qaytish chiptalarini ham birdaniga sotib olishi kerak. Bu haqda  “Uzbekistan Airways” matbuot xizmati xabar bermoqda.

“Birlashgan Arab Amirliklari immigratsiya xizmatining talablariga ko‘ra, joriy yilning 11 noyabrdan boshlab BAAga kirish uchun turistik yoki mehmon vizasi bo‘lgan yo‘lovchilar borish va qaytish aviachiptalariga ega bo‘lishlari kerak”, deyiladi “Uzbekistan Airways” ning xabarida.

Avvalroq, BAA poytaxti Abu-Dabidagi aeroportlarda odamlar va yuklarni tashish uchun elektr yordamida harakatlanadigan vertikal uchish va qo‘nish taksilarini ishga tushirishni rejalashtirayotgani haqida xabar berilgandi.


Maqola muallifi

Teglar

“Uzbekistan Airways”

Baholaganlar

488

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar