BAA sun’iy intellektga asoslangan ilk shaharni qurmoqchi
Olam
−
27 may 3061 2 daqiqa
Birlashgan Arab Amirliklari poytaxti Abu-Dabi dunyoda ilk bor noldan quriladigan va sun’iy intellekt texnologiyalari bilan to‘liq integratsiyalashadigan shaharning qurilishini e’lon qildi. Bu haqda “Thye Technology Express” xabar berdi.
Qayd etilishicha, qurilish narxi 3,3 milliard AQSH dollariga teng Aion Sentia nomli bu shahar Abu-Dabining raqamli transformatsiya strategiyasining asosiy elementi bo‘ladi. Shahar 2027 yilda foydalanishga topshirilishi rejalashtirilgan.
Aion Sentia nafaqat aqlli, balki kognitiv shahar bo‘lib, u o‘zini o‘zi o‘rganuvchi va rivojlanib boruvchi tizimga ega bo‘ladi. Shahar aholisi bilan birga o‘zgarib, ularning ehtiyojlariga moslashadi. Bu konsepsiya shaharni boshqarish va xizmatlarni taqdim etishda sun’iy intellektning chuqur integratsiyalashishini nazarda tutadi.
Shahar bir qator imkoniyatlarga, jumladan, transport vositalari uchun turarjoylar, oldindan tashxislovchi tibbiyot, tejamkor energiyali infratuzilma hamda sun’iy intellekt asosidagi boshqaruv tizimlariga ega bo‘ladi.
Ta’kidlanishicha, shahar infratuzilmasining har bir elementi barqarorlik, samaradorlik va innovatsionlik nuqtai nazaridan optimallashtiriladi. Hukumat prognozlariga ko‘ra, ushbu loyiha 2027 yilgacha Abu-Dabining yalpi ichki mahsulotiga 6,5 milliard dollardan ortiq hissa qo‘shadi. Shuningdek, loyiha amalga oshirilishi natijasida kiberxavfsizlik, robototexnika, ma’lumotlarni boshqarish va sun’iy intellekt sohalarida 5 mingdan ortiq yangi ish o‘rni yaratiladi.
Rasmiylarning ta’kidlashicha, bu loyiha raqamli shaharlar evolyutsiyasida global miqyosdagi muhim burilish hisoblanadi. Sun’iy intellekt asosidagi ushbu shahar iqtisodiy rivojlanish va davlat xizmatlarining funksional yondashuvi, hatto odamlarning kundalik hayot tarzini ham o‘zgartirib yuboradi.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Saudiya Arabistonining sharqiy Al-Ahsa mintaqasida Xitoyning Synyi AI kompaniyasi Almoosa Health Group bilan hamkorlikda bemorlarga sun’iy intellekt yordamida tashxis qo‘yadigan dunyodagi birinchi klinikani ochgandi.
Jaloliddin Rahmonov
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr