BAA Ozarbayjonga hujumni qoraladi

Olam

image

Bugun, 5 mart kuni Birlashgan Arab Amirliklari Prezidenti Shayx Muhammad bin Zoid Ol Nahayon hamkasbi Ilhom Aliyev bilan telefon orqali muloqot qildi. Suhbat davomida BAA rahbari Eron tomonidan uchuvchisiz apparatlar orqali Ozarbayjon hududiga qilingan hujumni keskin qoralagan va hodisa oqibatida jabrlanganlarga tezroq sog‘ayishni tilagan. Bu haqda “Azertac” xabar berdi.

Shayx Muhammad shuningdek Tehronning raketa va dron hujumlari davomida Ozarbayjon tomonidan bildirilgan qo‘llab-quvvatlov va hamjihatlik uchun minnatdorlik bildirgan. U Bakuning ushbu hujumlarni qoralagan pozitsiyasini ham alohida tilga olgan.

Ilhom Aliyev esa samimiy muloqot uchun minnatdorlik izhor qilib, Ozarbayjon Birlashgan Arab Amirliklari bilan hamjihat ekanini urg‘ulagan. Suhbat davomida ikki davlat rahbarlari o‘zaro manfaatli masalalar yuzasidan ham fikr almashgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Ozarbayjon Prezidenti Ilhom Aliyev Eronning Naxichevonga qilgan hujumini terroristik harakat deb atab, buning uchun uzr so‘rashi kerakligini aytgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Ozarbayjon Birlashgan Arab Amirliklari

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing