BAA amirining o‘g‘li Londonda o‘lik holda topildi
Olam
−
04 iyul 2019
15503Londonda BAA amiri Sulton bin Muhammad al-Qosimining o‘g‘li Xolid bin Sulton al-Qosimiy o‘lik holda topildi. Shu munosabat bilan 3 kunlik motam e’lon qilindi.
Sharja amirligi ishlar boshqarmasi ma’lumotiga ko‘ra, shayx Xolid Al Qosimiy 1 iyul kuni vafot etgan. Ma’lum bo‘lishicha, amir o‘g‘lining o‘limiga giyohvand moddani haddan ortiq iste’mol qilish sabab bo‘lgan. Aniqlanishicha, u o‘z uyining yuvinish xonasida yonida shpritslar bilan birga topilgan. Uning yoshi 39 da bo‘lib, Sharja amirining uchinchi o‘g‘li edi.
Shayx Xolid al-Qosimiy uzoq yillardan buyon Buyuk Britaniyada yashab, “Qasimi” kiyim-kechak brendiga asos solgan edi. “Qasimi” brendi saytida uning Sharja amirligi oilasiga bog‘liqligi to‘g‘risida hech qanday ma’lumot berilmagan.
Sharja amirining to‘ng‘ich farzandi shayx Muhammad bin Sulton al-Qosimiy ham 1999 yilda aynan Angliyada o‘lik hoda topilgandi. Keyinchalik olib borilgan surishtiruvlarda uning giyohvand moddani haddan ziyod iste’mol qilish natijasida halok bo‘lgani aniqlangandi.
LiveBarchasi