Ba’zilar uchun bu yo‘qotish – Bayden Trampning g‘alabasi haqida
Olam
−
17:45
3443AQSH Prezidenti Jo Bayden prezidentlik saylovlaridan keyingi murojaatida hokimiyat Donald Trampga tinch o‘tishini ta’minlashini aytdi. Bu haqda Oq uy matbuot xizmati xabar berdi.
Bayden Tramp bilan suhbatlashib, hammasini kelishib olganini, hokimyat unga tinch yo‘l bilan o‘tishini bildirdi.
“Kecha men saylangan prezident Tramp bilan gaplashib, uni g‘alabasi bilan tabrikladim. Va men uni butun ma’muriyatimni tinch va tartibli o‘tishiga ishontirdim. Amerika xalqi bunga loyiqdir”, degan amaldagi Prezident.
Oq uy rahbari saylovoldi poygasidan chiqqanidan keyin uning o‘rnini egallagan vitse-prezident Kamola Harris bilan ham suhbatlashganini aytdi.
“U ilhomlantiruvchi kampaniya o‘tkazdi va hamma men boshidanoq hurmat qilgan narsani ko‘rdi: uning xarakteri”, dedi Bayden.
Prezident, shuningdek, nomzodlar bir-biri bilan raqib emasligi, aslida oddiy saylovlarda katta-kichik yo‘qotishlar bo‘lishini ham eslatib o‘tgan.
Amaldagi Prezident o‘z jamoasi a’zolari va Demokratik partiyadagi safdoshlariga ham murojaat qildi.
“Bilaman, bu qiyin davr. Sizga og‘ir. Men sizni eshityapman va ko‘rib turibman. Ammo biz erishgan barcha yutuqlarni unutmang”, dedi AQSH Prezidenti.
Bayden murojaat davomida o‘zi o‘tkazgan prezidentlik davri “juda tarixiy” bo‘lganini, amerikaliklarning hayotini yaxshilash uchun qo‘lidan kelganicha harakat qilganini ham eslab o‘tdi. Bayden bu “do‘stona munozara” Amerika tarixida doim takrorlanishiga ham to‘xtaldi.
“Bilasizmi, Amerikaning ruhi uchun kurash biz tashkil topganimizdan beri doimo davom etgan munozara bo‘lib kelgan va bugungi kunda ham u juda katta ahamiyatga ega. Bilaman, ba’zi odamlar uchun bu g‘alaba qozonish, aniq narsani aytish vaqti. Boshqalar uchun bu yo‘qotish vaqti”, dedi Prezident
Eslatib o‘tamiz, oldinroq Demokratik partiyadan AQSH prezidentligiga nomzod, mamlakatning amaldagi vitse-prezidenti Kamola Harris Vashingtondagi Garvard universitetida saylovdagi mag‘lubiyatdan keyin ilk nutqini so‘zlab, o‘z mag‘lubiyatini tan olgan edi. U chiqishi davomida o‘z tarafdorlari, jamoasi, eri va Prezident Jo Baydenga qo‘llab-quvvatlagani uchun minnatdorlik bildirgandi. Shuningdek, vitse-prezident allaqachon Donald Trampga qo‘ng‘iroq qilgani va hokimiyatni boshqarish jarayonida unga yordam berishga va’da berganini ham aytgan edi.
Muhammad Hodiyev
LiveBarchasi